Institut murabbiylari va guruh sardorlari bilan ochiq muloqot tashkil etildi

02.05.2019, 19:08 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2094

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-oktabrdagi 878-sonli qarorining mazmun-mohiyatini talabalar o‘rtasida keng targ‘ib etish hamda talabalar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish maqsadida olib boriladigan chora-tadbirlar rejasi ijrosini ta’minlash maqsadida institutining farmatsiya fakulteti dekani O.I.Xudoyberdiev va sanoat farmatsiya fakulteti dekani Z.U.Mamatqulov, institut murabbiylari kengashi raisi N.Salimsakova hamda institut tarbiyachi-pedagogi N.Yusupovalar ishtirokida 2019-yil 2-may kuni soat 1330da institutning katta faollar zalida barcha guruh murabbiylari ishtirokida yig’lish tashkil etildi.

Yig’ilishda institutning barcha guruh murabbiylari va guruh sardorlarini jalb etgan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 12-noyabrdagi “Giyohvand vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, undan olib chiqish va tranzit tarzda o‘tkazish tartibini shuningdek, ularning muomalada bo‘lishi yuzasidan nazoratni takomillashtirish to‘g‘risida”gi 330-sonli qaroriga 2018-yil 27 -oktabrdagi 878-sonli qarori asosida kiritilgan o‘zgartirishlar hususida to’xtalib o’tildi. Shuningdek  talabalar o‘rtasida “Noqonuniy dori vositalarini sotishning salbiy oqibatlari” mavzusida targ‘ibot ishlari olib borildi.  Shu bilan birga talabalarni institut ichki tartib-qoidalari va odob-ahloq qoidalariga muntazam rioya qilishlari yana bir bor ta’kidlandi. Tartib qoidalarga rioya etmaydigan talabalar uchun  xayfsan berilishi haqida ogohlantirildi.

     

     

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova