Institut professor-o‘qituvchilarining tarixiy qadamjolarga tashrifi

01.05.2019, 16:45 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2609

2019 yil 28 aprel kuni Toshkent farmatsevtika instituti Ijtimoiy fanlar kafedrasining professor-o‘qituvchilari Turkiston shaxridagi Axmad Yassaviy, Arslonbob maqbarasi va Ukash ota ziyoratgohlariga tashrifi amalga oshirildi. Sayohat davomida institut professor-o‘qituvchilari mazkur tarihiy obidalar hamda ajdodlarimiz merosiga oid ma’lumotlar bilan yaqindan tanishdilar. Ziyoratgohlar janubiy Qozog‘istonning eng mashhur qadamjolaridan bo‘lib ular haqida qisqacha mahlumot bersak:

Arslonbob – O‘tror tumanida joylashgan ko‘hna mavze. U yerda Arslonbobga tegishli maqbara ham bor. Rivoyatlarga qaraganda, Arslonbob sayramlik Xoja Ahmad Yassaviyga pir ustozlik qilgan ekanlar. Rivoyatlarga qaraganda, Amir Temur shayxulmashoyix Ahmad Yassaviyga maqbara tiklaganda, ustoziga Arslonbobga ham maqbara tiklatgan deydilar. Bu ikki maqbara 70 km masofada. Ziyoratgoh. Xoja Ahmad Yassaviy o‘z hikmatlarida pir – ustozi Arslonbobni bir necha bor hurmat bilan tilga oladi.

Ahmad Yassaviy maqbarasi — Turkiston shahrida XIV asrning oxirlarida Sohibqiron Amir Temurning buyrug‘i bilan barpo etildi. Xoja Ahmad Yassaviy (Yassi yaqinidagi Sayram shahri, taxm. 11asrning 2 yarmi — 1166y.) — tasavvufning mashhur namoyondalaridan biridir. Ota-onasida yosh ajralgan Yassaviy tarbiyasi bilan opasi Gavhar Shahnoz mashg‘ul bo‘ladi. Yassaviy opasi bilan Yassiga ko‘chib borgach, 1 ustozi Arslon bob bilan uchrashadi va undan tahsil oladi. Ko’p o’tmay Arslon bob ko‘rsatmasi bilan Yassaviy Buxoroga boradi. Davrning eng peshqadam olimi va sufiysi Shayx Yusuf Hamadoniy bilan uchrashib, unga shogirdlikga tushadi. Alisher Navoiy Yassaviy to‘g‘risida «Maqomoti oliy va mashhur, karomoti matavoliy va nomahsur ermish. Murid va ashob g‘oyatsiz va shohu gadoning irodat va ixlosi ostonida nihoyatsiz ermish», — deydi. Bu fikr Yassaviyning Yassiga qaytib kelib, yangi bir tariqatga asos solgan murshid sifatida shuhrat topgan davrlariga tegishlidir. Yassaviy turkiy xalqlarni islomga yanada kengroq jalb qilish va tasavvuf g‘oyalarini omma ko‘ngliga chuqur singdirish maqsadida she’riyatdan ham foydalangan.

Keyingi ziyoratgoh Ukash ota maqbarasi Muhammad /s.a.v./ payg‘ambarimizning sahobalaridan bo‘lgan hamda O‘rta Osiyoda islom dinini tarqalishida katta hissa qo‘shgan.Rivoyatlarda keltirilishicha u juda kuchli yengilmas sahoba bo‘lgan.Mazkur maqbarada Ukash otaning 26 metrli qabri joylashgan.Shuningdek, sirli quduq bo‘lib uning suvi Makkadagi Zam-zam suviga borib qo‘shilgan ekan. Ziyorat institutimiz professor-o’qituvchilarida ajoyib ta’surotlar qoldirdi. E’tiborlisi ziyoratga ijtimoiy fanlar kafedrasining 4 nafar faxriy o‘qituvchilari taklif etildi.

      

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova