O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqshi uchun “Biometrik” passport joriy etilgani hamda odam savdosini olidin olish”mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi

01.05.2019, 16:03 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1997

Bugungi kunga kelib asrimizning jiddiy muammosiga aylangan odam savdosiga qarshi kurash xalqaro, mintaqaviy, ko‘p va ikki tomonlama munosabatlarni  talab etmoqda. Hozirga qadar jinoyatchilikning ushbu turiga qarshi kurashish va uning oldini olish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkilotining bir qator xalqaro tavsiyaviy va majburiy xarakterga ega hujjatlari qabul qilingan bo‘lib, ular doirasida ushbu xavfga qarshi dunyo miqyosida  tegishli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Dunyo bo‘ylab keng qamrovli  faoliyat, tegishli targ‘ibot-tashviqot ishlari  olib borilishiga qaramay, har yili millionlab insonlar “zamonaviy qullik”, ya’ni odam savdosi qurboniga aylanmoqda. Ular orasida ayollar, keksalar, hatto yosh bolalar ham borligi achinarli. Ushbu jinoyatning rivojlanishiga turtki bo‘layotgan asosiy omillardan biri odamlarning chet elga borishi va ishga joylashishi haqida  yetarli ma’lumotga ega emasligidir. Bunday muammolarni yechimini topish maqsadida yurtimizda ko‘plab targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borilmoqda. Buni misolida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2018 yil 26 dekabrdagi “O‘zbekiston  Respublikasi  fuqarosining  xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish tizimini yaratish hamda O‘zbekiston Respublikasi  Biometrik pasport tizimini modernizatsiya qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi PQ-4079-sonli qarorini keltirshimiz mumkin. Mazkur qarorga asoslangan holda “Biometrik passport” tashkil etilgani hamda odam savdosiga qarshi kurashishni talabalar o‘rtasida targ‘ib qilish  uchun 2019 yil 1 may kuni Toshkent farmatsevtika  institutida soat 14.00 da ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Mazkur tadbirga  soha mutaxassislari jalb etildi. Jumladan, Toshkent shaxar IIB migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi katta inspektori Roziqov Murod Ismatullaevich  “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqshi uchun “Biometrik” passportni joriy etilishi” hususida, Toshkent shaxar IIB migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi inspektori Usmanov Akmal “Odam savdosini olidin olish” kabi mavzularda tushunchalar berdilar. Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan mutaxassislarga murojaat etib kerakli ma’lumotlarni oldilar.

      

      

      

Institut  matbuot  kotibi N.L.Usmanova