“Korrupsiyaga qarshi kurashamiz”

01.05.2019, 14:32 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2293

  Dunyodagi barcha mamlakatlar taraqqiyotiga salbiy ta’sir etayotgan illatlardan biri — korrupsiyadir. Korrupsiya — mansabdor shaxslarning, davlat xizmatchilarining o‘z xizmat vazifalarini suiiste’mol qilishlari, mansab vakolatidan  foydalanib, jinoyat olami vakillariga vositachilik qilishlaridir. Korrupsiya va poraxo‘rlik davlatni ich-ichidan yemiradigan kuch ekanligi barchaga ma’lum. Bugungi kunga kelib jinoyatning bu turi global muammo kasb etmoqda.

   2019 yil 1 may kuni Toshkent farmatsevtika instituida “Korrupsiyaga oid jinoyatlarni oldini olish uning salbiy oqibatlari,qonun oldidagi javobgarlik” kabi mavzularda ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.Tadbirda institut rektori, prorektorlar, barcha raxbar xodimlar, professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar. Uchrashuvni institute rektori I.I.Alimdjanov ochib berdi va mavzuga oid fikrlarni bildirdi. Shuningdek tadbirga soha mutaxassislari ham jalb etilgan bo‘lib ular mavzu yuzasidan ma’ruza qildilar. Bular:

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xodimi G‘ofurov Ramizbek Rasuljon o‘g‘li “Korrupsiyani kelib chiqish sabablari”, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i Niyazaliev Ravshanjon “Korrupsiyaga oid jinoyatlarni oldini olish”, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Tashkiliy-nazorat boshqarmasi bosh mutaxassisi Tojiev Xayrulla “Korrupsiyaning salbiy oqibatlari”, O‘zbekiston Respublikasi davlat xavfsizlik xizmati xodimi Ilhomov Dilmurod Maxmudjonovich qonun oldidagi  javobgarlik” mavzularida tushunchalar berdilar. Yig’lish Toshkent telekanali orqali yoritilshi rejalshtirildi. Tadbirda 200 nafar institut professor-o’qituvchilari  va hodimlarining ishtiroki ta’minlandi.

     

     

     

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova