“Biz sog’lom turmush tarzi tarafdorimiz”

30.04.2019, 16:37 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2450

Mamlakatimizda inson salomatligi jamiyat farovonligini, kelajagini belgilashini inobatga olgan holda tibbiy xizmat sifatini oshirish, jamiyatda tibbiy madaniyatni yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, qishloq  vrachlik punktlari, oilaviy poliklinikalarning keng tarmog‘i yaratilgani tufayli aholi, eng avvalo, onalar va bolalarning malakali tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyati kengaydi. Sog‘lom turmush tarzi kundalik turmushni inson organizmi va u yashayotgan muhit qonuniyatlaridan kelib chiqib belgilash, salomatlikni saqlash hamda mus­tahkamlashga qaratilgan tadbirlardan iborat. Jismoniy mehnat, badantarbiya va sport bilan shug‘ullanish, or­ganizmni chiniqtirish, shaxsiy gigienaga rioya qilish, to‘g‘ri ovqatlanish, zararli odatlardan tiyilish, doimiy ravishda shifokor ko‘rigidan­ o‘tib turish, tibbiy madaniyatni yuksaltirish shular jumlasidandir.Mana shu mazmunda 2019 yil 30 aprel kuni Toshkent farmatsevtika institutining katta faollar zalida “ Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.Tadbirda institut o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektor Z.A.Yuldoshev,Respublika OITSga qarshi kurash markazi vrach-epidemiologi Bobojonov Xusan Shexnazarovich,Toshkent tibbiyot akademiyasi Psixiatriya va narkologiya kafedrasi assistenti, shifokor narkolog Rajapboev Inomjon Sheripboevichlar qatnashdilar. Tadbirni institut o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektor Z.A.Yuldoshev kirish so‘zi bilan ochib berib mavzuga doir qisqacha ma’lumotlar berib o‘tdi. Shuningdek  vrach-epidemiolog Bobojonov Xusan Shexnazarovich “OIV/OITS kasalligi, giyohvandlik, ichkilikbozlik, tamaki chekish kabi illatlarning oldini olish”, shifokor narkolog Rajapboev Inomjon Sheripboevich “Biz – sog‘lom turmush tarafdorimiz” kabi mavzularda  ma’ruzalar taqdim etib talabalarni ogohlikga chorladilar.

      

      

      

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova