O‘zRFA Mikrobiologiya Ilmiy tadqiqot institutida Toshfarmi magistratura 1 kurs talabalari uchun qo‘shma ma’ruza bo‘lib o‘tdi.

30.04.2019, 10:21 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2402

Toshkent farmasevtika instituti Biotexnologiya kafedrasining dotsenti, T.f.n., A.A.Maxmudov va O‘zRFA Mikrobiologiya Ilmiy tadqiqot institutining katta ilmiy xodimi, biol.f.n., Tonkix Anatoliy Konstantinovich va kichik ilmiy xodim Verushkina Olga Antonovna institutimizning “Immunologik va mikrobiologik preparatlar texnologiyasi” yo‘nalishi 1 kurs magistratura talabalariga “Mikroorganizmlarda uchraydigan antibiotiklar xilma-xilligi” mavzusi bo‘yicha qo‘shma ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, Dunabiella Salina biologik faol moddasini Qorapolpog‘iston Respublikasidagi Orol dengizining suv ostidan olingan substansiya bilan shug‘ullanayotganligini ko‘rsatib o‘tishdi. Ushbu xom ashyo tarkibida β-karotin, tokoferol, omega-3, omega-6 va ja’mi 13 ta vitaminlarni saqlashi ko‘rsatildi.

     

Biotexnologiya kafedrasi