Toshkent farmatsevtika institutining rahbar hodimlari Yashnobod tumanidagi 61-sonli umumta’lim maktabiga tashrif

27.04.2019, 10:21 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2513

“Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot  texnologiyalari, kitob o‘qishga qiziqishni oshirish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish to‘g‘risida”gi  O’zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2019 yil  19-martda o’tkazilgan  videoselektor  majlisining 12-sonli bayon qarori hamda  O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining  23 apreldagi 8-8-8/534-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent  farmatsevtika institutining o’quv va tarbiyaviy ishlar bo’yicha  prorektori  Yo’ldoshev Zokirjon Obidjonovich hamda institut  rahbar hodimlari  Yashnobod tumanida joylashgan 61-sonli umumta’lim maktabiga  tashrif buyurib o‘quvchilarga ko‘plab kitoblar taqdim etib mazkur aksiyaga o‘z  xissalarini qo‘shdilar.

     

 

Institut matbuot  kotibi  N.L.Usmanova