“Abu Ali Ibn Sino va zamonaviy farmatsevtikada innovatsiyalar” mavzusidagi  II amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

26.04.2019, 16:32 Yangiliklar 2167

Ibn Sino o‘zining ko‘p tarmoqli mahsuldor ijodi, boy merosi bilan jahon madaniyati taraqqiyotida katta rol o‘ynadi. O‘z ijodi, ilmiy faoliyatida Ibn Sino Markaziy Osiyo, yaqin va o‘rta Sharq mamlakatlaridagi yuqori madaniy ko‘tarinkilik, madaniy «uyg‘onish»ning ma’naviy yutuqlarini mujassamlashtira oldi, bu bilan butun Sharq va  Yevropadagi ma’rifat, madaniyat  taraqqiyotiga katta  ta’sir ko‘rsatdi. 2019 yil 25 aprel kuni Toshkent farmatsevtika institutida “Abu Ali Ibn Sino va zamonaviy farmatsevtikada innovatsiyalar” mavzusidagi  II amaliy konferensiya  haqida ma’lumot  berib  o‘tgan edik. Mazkur Xalqaro konferensiyaning ochilish qismidan so‘ng qatnashchilar o‘z ma’ruzalarini taqdim etdilar. Bular:

  1. Turon ilmiy akademiyasi akademigi A.Usmonxodjaev
  2. Toshkent farmasevtika instituti rektori professor I.I.Alimdjanov
  3. Toshkent davlat stomatoligiya instituti rektori professor J.A.Rizaev
  4. “Nobel farmsanoat” Sh
  5. ToshPMi dotsenti Kadomseva L.V
  6. Toshkent farmatsevtika instituti ilmiy va innovatsion sohalar bo‘yicha prorektori N.S.Normaxamatov
  7. “Ibn-Sino jamoatchilik fondi” Maxmudov N.A
  8. Toshkent farmatsevtika instituti Azizov U.M
  9. Toshkent farmatsevtika instituti Rahimov A.A
  10. Qozog‘iston “Karaganda tibbiyot universiteti”Abdullabekova R.M
  11. Qozog‘iston “Bolashak”akademiyasi Murzalieva G.T
  12. Dori vositalarini standartlash ilmiy markazi Aripdjanova N.S
  13. Toshkent farmatsevtika instituti Fazliev S.A
  14. Toshkent farmatsevtika instituti Tillaeva G.U
  15. Toshkent farmatsevtika instituti Inagamov S.Y

Shuningdek Turkiyaning Baxchishexir Universitetining Tibbiyot fakulteti professori Kadirjan Keskinbora konferensiyada onlayn muloqotga chiqdi va “Ibn Sino tibbiyoti va farmakoterapiyasi”mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

Konferensiya yakunida ma’ruzachilarga sertifikatlar topshirildi.

     

     

     

Institut matbuot kotibi  N.L.Usmanova