“Kitob aksiyasi”

26.04.2019, 13:54 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2605

“Yoshlar bilan ishlashni  samarali tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot  texnologiyalari, kitob o‘qishga qiziqishni oshirish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish to‘g‘risida”gi  O’zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2019 yil  19-martda o’tkazilgan  videoselektor  majlisining 12-sonli bayon qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining  23 apreldagi 8-8-8/534-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida 2019 yil 25 aprel kuni Toshkent farmatsevtika instituti rahbariyati  Shayhontohur tumanida joylashgan  254-sonli  umumta’lim  maktabiga  tashrif  buyurib  o‘quvchilarga  turli hil badiiy asarlar to‘plamini taqdim etdilar. Shu bilan birga  o‘quvchilarni kitobxonlikga jalb etish maqsadida  ular bilan davra suhbati tashkil etdilar.

Bolajonlarga quvonch ulashayotgan “Kitob aksiyasi” respublakamizning barcha hududlarida davom etmoqda.

E’tiborlisi, bu tashabbus ta’lim muassasalari kutubxonalarining minglab adabiyotlar bilan boyishi, pirovardida yosh avlodning o‘zbek va jahon adabiyotiga bo‘lgan qiziqishini oshirmoqda.

      

      

      

Institut  matbuot kotibi N.L.Usmanova