“Buyuk allomalarimizning  matematika fani rivojiga qo‘shgan hissalari” va “Qiziqarli matmatika” mavzusidagi ochiq dars.

25.04.2019, 15:22 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2194

Toshkent shahridagi 260-sonli maktab bilan Toshkent farmasevtika instituti «Fizika, Matematika va Axborot texnologiyalari» kafedrasining 2018-2019 yil hamkorlik ishlarini amalga oshirish bo‘yicha tuzilgan memorandum asosida aprel oyida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda 260 maktab direktori X.Alimova, direktor muovini Raxmatullaev Sh., ma’naviyat ishlari bo‘yicha mas’ul M.Abduvasilova,  o‘qituvchilar G.O‘sarova, E.Madraximov, Toshkent farmasevtika instituti «Fizika, Matematika va Axborot texnologiyalari» kafedrasining dotsenti, fizika-matematika fanlari nomzodi B.A. Abduraxmonov, kafedar katta o‘qituvchisi G.A.Qodirova, 9-“A” sinf o‘quvchilari qatnashdilar.

Tadbirni maktab direktori X.Alimova ochib berdi.  U OTM lar bilan o‘rta ta’lim maktablari o‘rtasida tuzilgan memorandum asosida tadbirlarning maktab o‘quvchilarining o‘qishlarida ijobiy ta’sirini ko‘rsatayotganini aytib o‘tdi.

Tadbir qatnashchilariga  bugungi mehmonlarni tanishtirdi.

Kafedra dotsenti. Fizika-matematika fanlari nomzodi A.Abduraxmonov. “Buyuk allomalarimizning  matematika fani rivojiga qo‘shgan hissalari” va “Qiziqarli matmatika” mavzusida, 9-“A” sinf o‘quvchilari uchun ochiq dars o‘tib berdi.

So‘z navbatini Toshkent farmasevtika instituti “Fizika, matematika va AT” kafedrasi  dotsent, fiz.-mat.f.n. B.Abduraxmonovga berdi.

B.Abduraxmonov Vatanimizning buyuk tarixi, bu diyorda jaxon ta’madduniga ilmi bilan xissa qo‘shgan ko‘plab allomalar yashab o‘tganligi, ulardan biri Muso al Xorazmiyning dastlabki savod va turli xil sohadagi bilimlarni rivojlantirishga qo‘shgan xissasi, allomalarimizning dunyo rivojidagi tutgan o‘rni xaqida boy mazmunga ega bo‘lgan ma’lumotlarni aytib berdi. O‘quvchilarga qiziqarli misol va masalarning yechilish yo‘llarini ko‘rsatdi

     

Fizika, Matematika va Axborot texnologiyalari kafedrasi