“Kitob yarmarkasi” bo‘lib o‘tdi

24.04.2019, 17:06 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2248

Inson aqliy salohiyatining yuksalishida kitobning o‘rni beqiyos. Zero, kitob tufayli  dunyoqarashimiz  boyib, tafakkurimiz  yanada o‘sib boraveradi. Kitob – inson ma’naviyati va dunyoqarashini yuksaltiruvchi muhim manbaa hisoblanadi. Kitob o‘qigan inson mulohazali, bilimli bo‘lib, yuksak tafakkuri ila boshqalardan o‘zining dunyoqarashi va fikrlashi bilan ajralib turadi. Qadimda buyuk shoir va yozuvchilarimiz, olimlarimiz kitobga shu qadar mehr qo‘ygan edilarki, hatto tunlari sham yorug‘ida kitob mutolaa qilganlar. Ammo u davrlarda bizga yaratib berilayotgan imkoniyatlarning bir qismi ham bo‘lmagan. Lekin ular o‘z maqsadlari sari intilib, yuksak ma’naviyat sohibiga aylanishgan.

Demak, biz uchun berilayotgan imkoniyatdan unumli foydalanish har birimizning o‘zimizga bog‘liq. Shu o‘rinda  2019 yil  24 aprel kuni Toshkent Farmatsevtika institutida kitob yarmarkasi bo‘lib o‘tganini ta’kidlashimiz joizdir.  Mazkur kitob yarmarkasi “Kitob uyi tashkiloti” a’zolari tomonidan o’tkazildi. Mazkur kitob yarmarkasidan turli hildagi badiiy asarlar, darslik qo‘llanmalar, tarixiy, tarbiyaviy ahamiyatga ega kitoblar o‘rin olgan. Yarmarka  talabalarda o‘zgacha qiziqish uyg‘otib  unda talabalar  o‘zlarini qiziqtirgan mavzulardagi  kitoblarni harid qildilar.

Shu ma’noda aytish mumkinki, kitob – insonning qalb gavhari, tafakkur xazinasidir.

Institut  matbuot  kotibi  N.L.Usmanova