Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasida Farmakologiya fanidan Respublika fan olimpiadasining II-bosqichiga tayyorgarlik borasida

23.04.2019, 16:43 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2092

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 5 apreldagi 314-sonli buyrug‘iga muvofiq farmakologiya fanidan talabalar Respublika fan olimpiadasining II-bosqichi hamda institut rektorining  2019 yil 10 apreldagi 293-sonli buyrug‘i asosida 13-14 may kuni Toshkent farmasevtika institutida o‘tkazilishi belgilangan.

Shu borasida Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasida Respublika fan olimpiadasining II-bosqichiga tayyorgarlik borasida faoliyat yo‘lga qo‘yildi. Bu tadbirni amalga oshirish uchun oldinga qo‘yilgan masalar borasida o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Z.O. Yo‘ldoshev va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘yicha ma’sul G.Yu. Malikova ma’lumotlar va yoritishlar kiritishdi. Shuningdek, tadbirga tayyorgarlik jarayonini amalga oshirish uchun olib borilayotgan ishlar yuzasidan suhbat olib borildi.

     

Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi