O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasining Bojxona institutidada 22-aprelda “Farmatsevtikada xalqaro standartlar va dori vositalar tahlilida validatsiyalangan usullarning o’rni” mavzusida konferensiya tashkil etildi

23.04.2019, 11:08 Yangiliklar 3388

Ushbu  konferensiya O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasining Bojxona instituti boshlig’i Bojxona xizmati podpolkovnigi V.Y.Ergashev hamda Bojxona instituti rahbariyati tomonidan tashkil qilinda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining  2909-sonli qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasining Bojxona institutida “Farmatsevtikada xalqaro standartlar va dori vositalar tahlilida validatsiyalangan usullarning o’rni” mavzusida konferensiyada Toshkent farmatsevtika instituti kafedralari “Dori vositalarini standartlash va sifat menejmenti” va ”Toksikologik,organik va biologik kimyo” kafedrasi quyidagi professor-o’qituvchilari ishtirok etishdi: F.S.Jalilov, Z.U.Usmonaliyeva, D.A.Zulfiqoriyeva, U.G’.Mustafaev, CH.T.Toshtemirova  va farmatsiya yo’nalishi 507 A va B guruh talabalari M.Bahodirxo’jayeva, D.Qulmirzayeva, B.Muratov, A.Raximova, D.Xadjiyeva, Sh.Hamidullayev. M.O’rinboyev, Z.Choriyeva. H.Qodirova, D.Gulyamova, N.Egamberdiyeva, N.Abduxalikova, N.Qo’ldosheva, M.Abbasova, A.Xatamov va D.Eraliyevalar.

Shuningdek, konferensiyada O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti, O’zbekiston Respublikasi Fanlar aksemiyasi O’simlik moddalari kimyosi instituti, O’zbekiston Respublikasi Fanlar aksemiyasi Mikrobiologiya instituti,  O’zbekiston Respublikasi Fanlar aksemiyasi Immunologiya instituti, Respublika Narkalogiya Markazi, Xadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud tibbiyot ekspertizasi, O’zbekiston Respublikasi Milliy universitetlaridan professor-o’qituvchilar va ilmiy hodimlar ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Shu jumladan, Dori vositalarini standartlash va sifat menejmenti kafedra mudiri F.S.Jalilov “Dori vositalarini ishlab chiqarishda xalqaro standartlarning tutgan o’rni” mavzusidagi ma’ruza bilan qatnashdi.

Konferensiya yakunida qatnashuvchilar o’zlarining qiziqtirgan savollarini bilan konferensiya m’ruzachilariga murojaat etishdi va yetarlicha javob olishdi. Konferensiya yakunida O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasining Bojxona instituti professori L.T.Po’latova  va O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasining Bojxona instituti boshlig’i Bojxona xizmati podpolkovnigi V.Y.Ergashev konferensiya qatnashchilariga o’z minnatdorchiligini bildirib konferensiyani tugatishdi.

     

     

Dori vositalarini standartlash va sifat menejmenti kafedrasi