Biotexnologiya kafedrasi tashabbusi bilan Belarus davlatining “BelAseptika” yopiq aksiyadorlik jamiyatining ishlab chiqaruvchi raxbarlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

22.04.2019, 16:16 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2188

2019 – yil  19 – aprel 930da Toshkent Farmasevtika institutida, Biotexnologiya kafedrasi tashabbusi bilan Belarus davlatining “BelAseptika” yopiq aksiyadorlik jamiyatining eksport bo‘limi boshlig‘i  Dmitriy  Xinov va mikrobiologik monitoring o‘tkazish menejeri Aleksandr  Vasilevich Jabinskiy taklif etildi. Uchrashuv davomida  Biotexnologiya  va  Sanoat farmatsiyasi bitiruvchi  kurs talabalarini  ish bilan ta’minlash va o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotini Belarussiya –O‘zbekiston Farmasevtika ishlab chiqarish qo‘shma korxonasida amalga oshirish  xorijiy olimlar  va mutaxassislar tomonidan muntazam ravishda master-klasslar o‘tkazilishi belgilandi.  A.V. Jabinskiy tomonidan “Farmasevtika ishlab chiqarish korxonalarida  aseptika  sharoitini ta’minlash” mavzusida ma’ruza o‘qib eshittirildi va talabalar ishtirokida qizg‘in muzokaralar olib borildi.

     

     

     

     

Biotexnologiya kafedrasi