Ozodalik va saramjonlik inson ziynatidir!

15.04.2019, 15:31 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2491

Inson yashayotgan manzilining ozoda bo‘lishining hikmati shundaki, hovli va uylar nopok bo‘lsa, bundan birinchi galda o‘sha xonadonda yashovchilar zarar ko‘radi. Shu o‘rinda aytshimiz joizki siz bilim olayotgan dargoh ham o‘z uyingiz kabidir. Kun davomida mana shu maskanda bilim olasiz, do‘stlarinigiz bilan muloqatda bo‘lasiz hattoki tushlikni ham mana shu dargoh ichida qilasiz. Har bir insonning, talabaning o‘z uyini qay darajada asrab avaylashi ham mana shu bilim dargohiga bo‘lgan munosabati orqali ko’rish mumkin. Yurtimizda yoshlarni bilm olishlari uchun rahbariyatlar tomonidan talaygina ishlar amalga oshirilmoqda. O‘quv xonalari ta’mirlanib zamonaviy sharoitlar yaratilmoqda. Misol tariqasida aynan Toshkent farmatsevtika instituida yangi foydalanish uchun topshirilgan 4-binoni olsak. Bu binodagi o‘quv xonalari zamonaviy uskunalar, barcha shart-sharoitlar bilan ta’minlandi. Bu siz talabalar uchun berilgan qulay imkoniyatdir. Ming afsuslar bo‘lsinki yangi bino o‘quv xonalaridagi ba’zi stol va stullar qisqa vaqt ichida achinarli holga kelgan. Har bir bunyodkorlik ishining o’z zahmati va qiyinchiliklari bo’ladi. Yo’qdan bor qilish mushkul, borini yoq qilish esa juda osondir.

Bu jarayonni ko‘rib hayratlanasan kishi! Nahotki bu es hushini bir joyga jamlab olgan, fahm farosatli talabalarning ishi? Ziyoli insonlarning farzandlarining odob namunasi shu bo’lsa deb taajubga qolasan kishi.

Ahir mana shu dargohda ta’lim olasiz, aynan shu stol va stullarda dars davomida o‘tirasiz. Nahotki o‘zingizga yoqimli bo‘lsa shu hol?

Dinimiz ta’limotlarida ham aynan poklik, saramjonlik yo‘lida qilingan har bir harakat yuqori baholanishi, ulkan ajr-savoblar berilishi aytilgan. O‘zimizni va atrof-muhitimizni poklay olsak, asrab avaylasak hayotimiz barakali bo‘ladi. Mana shu shinam va zamonaviy o‘quv xonalaridan kelajak avlod ham foydalanadi. Shunday eka Hurmatli talabalar institut bu sizning uyingiz kabidir. O‘z uyingizni undagi buyumlarni qay darajada avaylasangiz  ta’lim  dargohingiz  moddiy-texnik bazasi, o’quv anjomlarini ham shunday asramog’ingiz kerak!

     

     

     

     

     

     

 Institut  matbuot kotibi N.L.Usmanova