Qirg‘iziston Davlat Tibbiyot akademiyasining 80-yilligiga bag‘ishlangan forumda Toshkent farmatsevtika instituti professorlarining ishtiroki

15.04.2019, 13:29 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2861

Toshkent farmatsevtika instituining malaka oshirish fakulteti professori, farmatsevtika fanlari doktori Zaynutdinov Hikmatillo Sunnatovich Bishkek shahridagi Axunbaev nomidagi Qirg‘iziston davlat tibbiyot akademiyasida 2019 yilnig 10-12 aprel kunlari bo‘lib o‘tgan Xalqaro ilmiy forumda ishtirok etdi. Forum jarayonida Qirg‘iziston Davlat Tibbiyot akademiyasining 80-yilligiga bag‘ishlangan ilmiy konferensiya bo‘ldi. Unda talabalar ishtirokida olimpiada o‘tkazildi va aspirantlar hamda yosh olimlar tomonidan tayyorlangan eksperemental ilmiy izlanishlar bo‘yicha ma’ruzalar musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqa 3 bosqichdan iborat bo‘lib, 1 bosqichida 10 nafar g‘olib ma’ruzachi, 2 bosqichda esa mana shu 10 ma’ruzachidan 3 tasi tanlab olindi, so‘ngi 3 bosqichda esa 1 ta ma’ruzachi g‘olib deb topilib “Oxunbaev nomidagi Qirg‘iziston davlat tibbiyot akademiyasi stipendiasii” g‘olibiga aylandi. Qolgan ikki nafar talaba Rossiyaning Moskva shahriga 10 kunga sayohat uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Olimpiada juda qizg‘in o‘tdi. Unda Toshkent farmatsevtika intsituti malaka oshirish fakulteti professori, farmatsevtika fanlari doktori Zaynutdinov Hikmatillo Sunnatovich hay’at a’zosi sifatida qatnashdi va ishtirokchilarni ilmiy ishlarini baholab bordi. Shuningdek institutimiz professori X.S Zaynutdtnov forum qatnashchilari uchun “Farmokoiqtisodiyot” yo‘nalishi bo‘yicha  ma’ruza o‘qib eshittirdi.

     

Institut matbuot kotibi  N.L.Usmanova