Organik va biologik kimyo kafedrasida “Besh a’zoli bir geteroatom saqlagan geterohalqali birikmalar” mavzusida ingliz tilida ochiq laboratoriya mashg’ulot darsi o’tkazildi

15.04.2019, 12:02 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2098

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3151-sonli “Oliy Malumotli Mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarning ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida” qaroririga muvofiq organik va biologik kimyo kafedrasida organik kimyo fanidan ingiliz tilida darslar olib borilmoqda. 2019 yil 4 aprel kuni kafedra assistenti, AQSH&O’zDJTU “WEBSTER” universiteti talabasi Nuritdinova R.R. Farmatsiya yo’nalishi 206B  guruh talabalari bilan ingliz tilida “Besh a’zoli bir geteroatom saqlagan geterohalqali birikmalar” mavzusida ochiq laboratoriya darsini o’tkazdi. Dars jarayonida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanildi hamda AQSH ta’lim tizimida qo’llaniladigan turli hil pedagogik uslublar qo’lla nildi.

     

     

Organik va biologik kimyo kafedrasi