Klinik farmatsiya farmokokinetika asoslari bilan fanidan “Qandli diabet, farmakoterapiya prinsiplari” mavzusidan amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi

11.04.2019, 13:56 Yangiliklar 2382

O‘zbekiston Respublikasi Prizedentining 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909 sonli “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida” gi, 2018-yil 14-fevral PQ-3532 Sonli  “Famasevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risi”gi, 2017-yil 5-maydagi PQ 2956-sonli “O‘zbekiston Respublikasida tibbiy ta’limni yanada islox qilish ” chora tadbirlar to‘g‘risidagi”, 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3151-sonli “Oliy ma’lumotli mutaxasislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish  chora-tadbirlari to‘g‘risi”dagi qarorini ta’minlash maqsadida Toshkent Farmasevtika instituti Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi katta o‘qituvchisi Saydalieva Feruza Avazxanovna  tomonidan farmatsiya yo’nalishi 504-A guruhiga “Qandli diabet, farmakoterapiya printsiplari”  – mavzusi bo‘yicha 2019 yil 9 aprel kuni soat 13-30 da 2 bino 50 o‘quv xonasida ochiq amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.

Mashg‘ulot davomida innovatsion pedagogik texnologiyalaridan “FSMU”, “SWOT”, “Aqliy hujum” va tematik testlardan foydalanildi. Shuningdek qandli diabetning bugungi kundagi zamonaviy davolash usullari bilan to‘laqonli tanishtirildi. Barcha talabalar “Qandli diabet” kasalligi bo’yicha to‘liq tushunchaga ega bo‘lishdi.

     

 

Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi