Axborot-resurs markazida  yangi badiiy adabiyotlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi

10.04.2019, 17:11 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2166

            Yurtimizda yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish uchun amalga oshirilayotgan islohotlar  bejizga emas, binobarin, kelajak avlodning kamoloti ilm olish, bilimli bo‘lish bilan belgilanadi. Bu borada, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017 yilning 12 yanvar kuni “Kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan” farmoyish e’lon qildi. Bu esa o‘z navbatida, yurtimizda kitobxonlik saviyasi oshishiga, yangidan-yangi sermazmun kitoblar chop etilishiga omil bo‘luvchi muhim odimdir. Ana shunday imkoniyatlardan oqilona foydalanib, yangidan-yangi nashrdan chiqayotgan sermazmun asarlarni o‘qib borish yoshlarning ongi o‘sishi, tafakkuri teranlashib, o‘zining mustaqil fikriga ega bo‘lishiga imkon beradi.

           Shu maqsadda 2019 yil 9 aprel kuni ARMga tashrif buyuruvchilar uchun  Axborot-resurs markaziga keltirilgan sara asarlardan iborat kitoblar to‘plami  taqdimoti o‘tkazildi. Ushbu  to‘plamdan sevimli yozuvchilarimizning asarlari jo bo‘lgan “G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi” tomonidan chop etilgan 44 ta kitobdan iborat  “Adabiyot xrestomatiyasi” seriyasi  o‘rin olgan. Institut rahbariyati tashabbusi   bilan  va institut professor-o‘qituvchilarining beg‘araz taqdim etgan turli xil badiiy kitoblari  tufayli  institut Axborot-resurs markazi badiiy fondi kundan kunga boyib bormoqda. Xammasi siz uchun aziz talabalar va hurmatli ustoz, xodimlar. Axborot-resurs markaziga tashrif buyuring va o‘z ma’naviyatingizni yanada yuksaltiring.

AXBOROT-RESURS MARKAZI TAVSIYA QILADI

     

     

ARM mudiri                        F.N. Xolmuratova