Farmakognoziya kafеdrasi 4-kurs talabalari bilan madaniyat maskanlari teatr va Zangiota ziyoratgohiga tashrif buyurdilar

10.04.2019, 13:52 Yangiliklar 2294

2019 yil  2 aprel kuni Farmatsiya fakultеti 4 kurs 401-guruh talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida guruh murabbiyi Sh.R.Xalilova bilan birgalikda Zangiota ziyoratgohiga tashrif buyurdilar. Ziyorat davomida guruh talabalari bilan Zangi-buva maqbarasi va Anbar-ona maqbaralari ziyorat qilinib, ular haqidagi tarixiy ma’lumotlar bilan tanishdilar.

     

San’at va madaniyat – xalqning ma’naviy dunyo qarashini shakllantiradigan, uning tarixi, milliy mentaliteti hamda madaniy salohiyatini namoyish etadigan qudratli kuch. Bunda, ayniqsa, teatrning  o‘rni beqiyosdir. Teatr san’ati tasavvur va tafakkur hosilasi, ma’naviy yuksalish vositasidir. Bugungi davr shiddati, globallashuv, qadriyatlar va qarashlar o‘rtasidagi keskinliklar teatr san’ati ijodkorlari zimmasiga ham ulkan vazifalar yuklamoqda. Boy tariximiz, milliy qadriyat va urf-odatlarimiz targ‘iboti yosh avlod tarbiyasida muhim ahamiyatga ega.

2019 yilning 4 aprel kuni Toshkent farmasevtika institutining 4 kurs 401-guruh talabalari ma’naviyat kuni munosabati bilan guruh murabbiyi Sh.R.Xalilova boshchiligida Abror Xidoyatov nomli O‘zbekiston davlat drama teatriga tashrif buyurdilar. Namoyish etilgan atoqli qirg‘iz adibi va jamoat arbobi Chingiz Aytmatovning asari asosida sahnalashtirilgan  “Jamila” nomli spektakldan talabalar o‘zariga kerakli xulosalarni olib madaniy hordiq chiqardilar.

     

Farmakognoziya kafеdrasi