Astraxanda Rossiya-O‘zbekiston Oliy ta’lim muassasalari rektorlarinig mintaqaviy forumi bo‘lib o‘tmoqda

10.04.2019, 12:49 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2131

Astraxanda Rossiya-O‘zbekiston Oliy ta’lim muassasalari rektorlarinig mintaqaviy forumi davom etmoqda. Forum jarayonida O‘zbekiston Respublikasining Oly ta’lim muassasasi rektor va prorektorlari mintaqaviy konferensiyalarda ishtirok etmoqdalar. Jumladan, Toshkent farmasevtika institutining “Ilmiy va innovatsion sohalar”bo‘yicha prorektori Normaxamatov Nodirali Sahobataliyevichning ham mazkur konferensiyada ishtiroki ta’minlandi. Shuningdek Astraxanda Rossiya-O‘zbekiston Oliy ta’lim muassasalari rektorlarinig mintaqaviy forumi da Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Uzoqboy Begimqulov boshchiligida vazirlik mutaxassislari va 20 ta OTM rektorlaridan iborat delegatsiya ishtirok etmoqda. Mintaqaviy konferensiyada asosiy masala sifatida oliy ta’lim sohasida ikki tomonlama erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalasi muhokamasi amalga oshiriilmoqda. Shu bilan birga Forum kun tartibiga ko‘ra Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasi Fan va oliy ta’lim vazirligi vakillari bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazib, Astraxan shahridagi OTMlarga tashrif buyurib, ular faoliyati bilan tanishmoqdalar.

 

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova