Toshkent farmatsevtika instituti va Moskva viloyatining Davlat Gumanitar-texnika universiteti birgalikda videokonferentsiya o’tkazdi.

05.04.2019, 16:18 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2240

2019 yil 5 aprel kuni Toshkent farmatsevtika institutida Moskva viloyatining Davlat Gumanitar-texnika universiteti bilan birgalikda videokonferentsiya o’tkazildi. Onlayn o’tkazilgan konferentsiyaning asosiy maqsadi farmatsiya sohasida o’zaro hamkorlik qilish. Videokonferentsiyada o’quv va tarbiyaviy ishlar bo’yicha prorektor Z.A. Yuldashev, o’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i N.A. Abzalova, farmatsiya fakulteti dekani vazifasini bajaruvchi A.A.Nurmuxamedov, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’limi boshlig’i M.T. Mullajonova, xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig’i A.E.Abdullayeva, ishlar boshqarmasi boshlig’i  Sh.K.Sobirov, institut professor-o’qituvchilari, shuningdek, Davlat gumanitar-texnika universiteti vakillari ishtirok etishdi.Telekonferentsiyada  ikkita oliy ta’lim muassasasi o’rtasida hamkorlik shartnomasini va yo’l xaritasini imzolash va ushbu shartnoma asosida Xitoy Xalq Respunlikasidagi OTMsi bilan birgalikda loyiha yaratish va ishtirok etish masalalari muhokama qilindi . Bundan tashqari Moskva viloyati farmatsevtika korxonalarida muayyan fanlar bo’yicha farmatsiya fakulteti talabalari uchun amaliy mashg’ulotlar olib borish, ilmiy maqolalar chop etish, konferensiyalarda ishtirok etish va o’qituvchilar tajribasini almashish ham muhokama qilindi.

Onlayn muhokamalar yakunida Toshkent farmatsevtika instituti vakillari may oyida Davlat gumanitar-texnika universitetida o’tkaziladigan xalqaro anjumanga taklif qilindi.

     

     

 

Xalqaro xamkorlik bo’limi