Toshkent farmatsevtika institutiga Rossiya Federatsiyasining  Gumanitar hamkorlik uyushmasi vakillari tashrifi

04.04.2019, 16:45 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2158

2019-yil 3-aprel kuni Rossiya Federatsiyasining  Gumanitar hamkorlik uyushmasidan  Jukov Sergey Yevgenevich va uyushmaning O‘zbekiston Respublikasidagi vakili Xon Oksana  Toshkent farmasevtika institutiga tashrif buyurishdi. Gumanitar hamkorlik uyushmasining tashrifidan maqsad bakalavr, magistratura bosqichida o‘qishni xohlovchi talaba-yoshlarni o‘zlarining xohlagan yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga kirish uchun nufuzli  Rossiya Federatsiyasining  OTMlarida ta’lim olishda amaliy yordam berishni taklif etdi. Bu uyushma Rossiyaning 30 ta OTMlar bilan hamkorlik o‘rnatgan bo‘lib, unda kunduzgi, kechki va masofaviy talim turlari mavjud. Bu yoshlarga Oliy talim darajasining turli hil  mutaxassisliklarni , aspirantura, magistratura, kasbiy qayta tayyorlash va malaka oshirish dasturlari bo‘yicha rus tilida o‘rganish imkonini beradi.

Uyushma haqida qo‘shimcha ma’lumotni   www.rustudent.org saytidan olishingiz mumkin.

     

     

     

Xalqaro bo’lim