“Iqtisodiyot Nazariyasi” darsligi nashrdan chiqdi

01.04.2019, 21:58 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2354

2019 yil 30 mart kuni soat 13.00 da Toshkent farmasevtika institutining katta  faollar zalida  Ijtimoiy fanlar kafedrasi iqtisod fanlari doktori, professor Mamedov Xusan Mamedovichning Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan 3-tomdan iborat  darslik taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Mazkur taqdimot marosimini institutning ilmiy va innovatsion sohalar bo’yicha prorektori N.S.Normahamatov  kirish so‘zi bilan ochib berdi. Iqtisod fanlari doktori professor, akademik Abdurahmonov Qalandar Xo‘jaevich nashrdan chiqgan yangi darslik hamda Muallif haqida o‘zining samimiy fikrlarini bildirdi. O‘zbekiston milliy universiteti Iqtisodiyot kafedrasi mudiri, iqtisod fanlari doktori, professor  Abdulqosim Xasan Pirnazarovich    yangi nashrdan chiqgan darslik va  talabalar “Iqtisodiyot Nazariyasi” fanini  o‘zlashtirishida qulayliklari haqida so‘zladi.

Shuningdek yig‘ilishga Toshkent davlat texnika universiteti iqtisod fanlari doktori, professor Tursunxodjaev Marat Suyfullaevich, Iqtisod fanlari nomzodi, professor Ivanin Viktor Arvidovich, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori, iqtisod fanlari nomzodi Mutalov Abduazimhonlar ham tashrif buyurdilar va iqtisod fanlari doktori, professor Mamedov Xusan Mamedovichning ilmiy izlanishlari va yangi darslik haqidagi fikrlarini bildirib kelajakdagi izlanishlarida omad tiladilar. Shu bilan birga kitob taqdimotida X.M.Mamedovning shogirdlari ham qatnashdilar. Taqdimot “O’zbekiston” telekanali orqali  yoritilishi rejalashtirildi.

    

    

    

Institut matbuot kotibi  N.L.Usmanova