Xorijda ta’lim olishni xoxlovchilar uchun vazirlik tomonidan yana bir imkoniyat yaratildi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tashabbusi bilan xorijiy davlatlarning yetakchi oliy va ilmiy-ta’lim muassasalariga malaka oshirish va stajirovka o‘tash, magistratura hamda doktoranturada o‘qishga yuborilishi rejalashtirilayotgan nomzodlarga ingliz tilini o‘rgatish o‘quv kurslari tashkil etimloqda.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida tashkil etilgan seminar-treningda 130 nafar trenerlar maxsus tayyorgarlikdan o‘tishmoqda. Shu yilning 1 aprelidan boshlab ular 22 ta OTMda xxorijiy tillarni o‘rgatish bo‘yicha o‘quv kurslarini olib borishadi.
Chet tilini o‘rgatish kurslari 3 oy davom etadi: bir oy mobaynida OTMlarda trenerlar tomonidan o‘quvlar olib boriladi, ikki oy mobaynida tinglovchilar english.edu.uz manzilidagi platformada dastur doirasida belgilangan topshiriqlarni onlayn rejimida mustaqil o‘zlashtirishib borishadi.
O‘quv kurslarida British Council (Britaniya Kengashi), Alliance Francaise (Fransuz Alyansi), Geothe Instit (Gyote instituti) kabi xalqaro tashkilotlarning malakali trenerlari ham ishtirok etadi.
Mazkur kurslarga jami 1200 nafardan ortiq tinglovchilar qamrab olinadi va ularni muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan pedagog kadrlarga 2020 yilda “El-yurt umidi” jamg‘arma stipendiati bo‘lish uchun o‘tkaziladigan tanlovda ishtirok etish huquqini beruvchi sertifikat beriladi.
Edu.uz
Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova