“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari”, “Oliy Majlisga Murojaatnomasining mazmun-mohiyati” mavzularida tadbir bo‘lib o‘tdi.

29.03.2019, 09:25 Yangiliklar 2448

2019 yilning yanvar-aprel, oylari davomida ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va talabalarining  ijtimoiy-siyosiy faolligini va huquqiy savodxonligini  rivojlantirish hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining  2019 yil 10 yanvarlagi 87-03-132-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida tadbir bo’lib o’tdi. Mazkur yig‘lish “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari”, “Oliy Majlisga Murojaatnomasining mazmun-mohiyati” mavzularda tashkil etildi. Tadbir 2019 yilning 28 mart kuni soat 14.00 da Toshkent farmasevtika institutining kichik faollar zalida bo‘lib o‘tdi. Uni institutning o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektori Z.A.Yuldashev kirish so‘zi bilan ochib berdi va talabalarga mavzu yuzasidan tushunchalar berdi. Shuningdek yig‘lishda Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputati  Matibaev Toshpo‘lat Boltaboevich “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  Oliy Majlisga Murojaatnomasining mazmun-mohiyati”, O‘zbekiston Adolat Sotsial demokratik partiyasi Toshkent shahar raisi  Tolipov Rovshan Raimjonovich  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari” kabi mavzularda talabalarga ma’ruza qildilar. Ushbu tadbir yoshlar bilan ishlash,ma’nviyat va ma’rifat bo‘limi hamda fakultet dekanatlari tashabbusi bilan tashkil etildi.

Institut matbuot kotibi  N.L.Usmanova