Jamoatchilik nazorati oliy attestatsiya jarayonida muhim mezon bo‘lishi shart.

29.03.2019, 08:52 Yangiliklar 2098

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga oliy attestatsiya jarayonini takomillashtirish bilan bog‘liq joylashtirilgan  hujjat loyihasi ilm ahli tomonidan qizg‘in muhokama qilindi. Muhokamalar hanuzgacha davom etmoqda.

Andijon davlat universiteti Mintaqaviy tadqiqot markazi ilmiy xodimi Azizbek Egamberdiev bu borada uchraydigan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi.

Tadqiqot natijalarini to‘g‘ri rasmiylashtirish borasida qator muammolar mavjud. Ilmiy jamoatchilik uchun ochiq bo‘lgan manbalardan bexabarlik ilmiy tadqiqotni rasmiylashtirishda demakki, tadqiqotning OAK tomonidan tan olinishida muammolarni yuzaga keltirayotgani kuzatilmoqda.

Edu.uz

Institut matbuot kotibi  N.L.Usmanova