“Biz radikalizm, missionerlik va prozelitizmga qarshimiz”, “Yoshlar-sog‘lom hayot tarafdori” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

28.03.2019, 09:23 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2787

Ma’naviy tahdidlar kuchayib borayotgan ayni vaqtda ogoh bo‘lishimiz zarur bo‘lgan muhim narsalardan biri bu – missionerlik va prozelitizmdir. Missionerlik nima degan savolga sodda qilib biror dinga e’tiqod qiluvchilar orasida boshqa bir dinni targ‘ib qilish, deb javob berish mumkin. Missionerlik faoliyati bilan shug‘ullanadiganlar bugungi kunda sof diniy g‘oyalarni emas, balki siyosiy maqsadlarni ko‘zlab harakat qilmoqdalar.

Prozelitizm natijasida kelib chiqayotgan salbiy oqibatlar juda ko‘p. Zero necha yuz yillardan buyon islom diniga e’tiqod qilib kelayotgan xalqimizni ichida  Prozelitizm ilgari surayotgan g‘oyalar fuqarolar orasida turli qarama-qarshiliklarni keltirib chiqarishi turgan gap.

Mana shunday salbiy oqibatlarni oldini olish maqsadida ko‘plab tadbirlar, davra suhbatlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2019 yil 27 mart kuni Toshkent farmasevtika institutining katta faollar zalida soat 14.00 da “Biz radikalizm, missionerlik va prozelitizmga qarshimiz”, “Yoshlar-sog‘lom hayot tarafdori” mavzularida  ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Mazkur tadbirni institut o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektori Z.A.Yuldashev kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shuningdek tadbirga ko‘plab tashkilotlardan mehmonlar tashrif buyurdilar. Bular: O‘zbekiston musulmonlari idorasi mutaxassisi Xolboev G‘ulomjon Abdumannonovich, Mirobod tumani prokror katta yordamchisi Shomirzaev Shaxboz Shoxjalil o‘g‘li, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mutaxassisi Mustafoev Doston Shuxratovich, O‘zbekiston xalqaro islom  akademiyasi “Islom sivilizatsiyasini o‘rganish” kafedrasi katta o‘qituvchisi Tohirov Jaxongir Abduvoxid o‘g‘li, Mirobod tumani prokuror yordamchisi Bo‘riev Islom Bo‘rievich, O‘zbekiston xalqaro islom  akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi” kafedrasi o‘qituvchisi Ziynatullaev  Ziyodulla Izzatulla o‘g‘li  qatnashdilar.

Ular talabalarga mavzu yuzasidan maruzalar o‘qidilar. Mazkur tadbirga “Yoshlar” va “O‘zbekiston 24” telekanallaridan muxbirlar tashrif buyurdilar. Tadbirda jami 200 nafar talabalarning ishtiroki ta’minlandi.

     

     

     

 

Institut matbuot kotibi  N.L.Usmanova