Tibbiyot va farmasevtika sohalari uchun oliy ma’lumotli kadrlar hududlar bo‘yicha maqsadli tayyorlanmoqda.

26.03.2019, 12:42 Yangiliklar 2681

Respublikadagi 11 ta oliy ta’lim muassasasi hamda ularning filiallarida mamlakatimiz tibbiyot va farmasevtikasi uchun sohaning asosiy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha jami 27 439 nafar kadr tayyorlanmoqda. Jumladan,

  1. Toshkent tibbiyot akademiyasi – 4407 nafar;
  2. Samarqand tibbiyot instituti – 4283 nafar;
  3. Andijon tibbiyot instituti – 4007 nafar;
  4. Toshkent tibbiyot pediatriya instituti – 3583 nafar;
  5. Toshkent farmasevtika instituti – 2541 nafar;
  6. Buxoro tibbiyot instituti – 2499 nafar;
  7. Toshkent davlat stomatologiya instituti – 1918 nafar;
  8. TTPI Nukus filiali – 1567 nafar;
  9. TTA Urganch filiali – 1410 nafar;
  10. TTA Termiz filiali – 718 nafar;
  11. TTA Farg‘ona filiali – 506 nafar;

 

Shuningdek, vazirlik tomonidan kelgusi yillarda yurtimiz tibbiyotida rivojlanayotgan va malakali kadrlarga ehtiyoj mavjud bo‘lgan mutaxassisliklar uchun 16 ta ta’lim yo‘nalishida kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. Bular:

 

– Jismoniy reabilitatsiya va ergoterapiya;

– Allergologiya va immunologiya;

– Anesteziologiya-reanimatologiya

– Gematologiya;

– Bolalar kardioxirurgiyasi;

– Bolalar onkologiyasi;

– Bolalar xirurgiyasi;

– Bolalar endokrinologiyasi;

– Bolalar nefrologiyasi;

– Bolalar oftalmologiyasi;

– Intervension kardiologiya;

– Klinik radiologiya;

– Tibbiyot genetikasi;

– Kosmetologiya;

– Psixoterapiya;

– Plastik xirurgiya.

Edu.uz

Institut  matbuot kotibi N.L.Usmanova