Toshkent farmatsevtika institutiga Xitoy Xalq Respublikasidan delegatsiya tashrif buyurdi

18.03.2019, 17:16 Institut yangiliklari, Xalqaro yangiliklar, Yangiliklar 2182

Xalqimiz salomatligini mustahkamlash, aholini sifatli va arzon dori vositalari bilan ta’minlash Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoevning doimiy e’tiborida bo‘lib kelmoqda. Bu borada ko‘plab qarorlar, farmonlar  chiqarilmoqda. Mazkur sohada ko‘plab xalqaro hamkorlik aloqalari o‘rnatilmoqda. Jumladan 2019 yil 16-mart kuni Toshkent farmatsevtika institutida ham mana shunday xamkorlik aloqalarini o‘rnatish maqsadida Xitoy Xalq Respublikasining “Shinjon, fizik-kimyo texnika instituti”ning rahbari Xoji-Akbar Aysha, rahbar o‘rinbosari Abilimiti Yili boshchiligidagi delegatsiyasi tashrif buyurdilar. Tashrif davomida memorandum imzolashga kelishildi. Unga ko‘ra Xitoyning “TWAS Cas” bilim dargohiga Toshkent farmasevtika institutining  PHD va magistratura talabalarini bepul o‘qishga yuborish, barcha xarajatlarini qoplashni o‘z zimmalariga oolldilar. Shuningdek Shinjon, fizik-kimyo texnika instituti Toshkent shaxrida ochilgan korxonasida talabalarni ish bilan ta’minlash hususida kelishildi. Yana bir o‘rtaga qo‘yilgan masalalardan biri bu Toshkent farmasevtika institutida yangi qurilayotgan “Tajriba va ishlab chiqarish” kompleksini moddiy-texnik bazasini ta’minlashda amaliy yordam berishi hususidagi takliflarini aytdilar.

     

     

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova