Komiljon Karimov: “Biz talabalarga muammoni yechishda kreativ yondashishni emas, faqat yodlashni o‘rgatamiz”

15.03.2019, 11:10 Yangiliklar 2219

“O‘zbekiston – 2030: Oliy ta’lim muassasalari kelajagiga nazar” mavzusida tadbir davom etmoqda. 
Toshkent Xalqaro Vestminster universitetining rektori Komiljon Karimov so‘zga chiqdi va oliy ta’lim tizimi muammolariga to‘xtalib o‘tdi.
“Biz talabalarga muammoni yechishda kreativ yondashishni emas, kanspekt, ma’ruza singari faqat yodlashni o‘rgatamiz”.
K.Karimovning fikricha, oliy ta’lim muassasalari talabalariga kreativ fikrlash va yondashuvni o‘rgatish oliy ta’lim rivoji uchun muhim ahamiyatga ega.
Institut  matbuot  kotibi N.L.Usmanova