O‘qituvchi va ilmiy izlanuvchilar uchun “buyuk devor” nomli stipendiya tanlovi

14.03.2019, 12:06 Institut yangiliklari, Xalqaro yangiliklar, Yangiliklar 2329

YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi va Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) Hukumati 2019/2020 o‘quv yil uchun “Buyuk devor” deb nomlangan stipendiyalar tanlovini e’lon qiladi.

Ushbu stipendiyalar dasturi doirasida XXR oliy ta’lim muassasalarida tabiiy va texnik fanlar bo‘yicha bir yillik ilmiy tadqiqot olib borish uchun o‘quv kurslari tashkil etiladi. Tanlov g‘oliblarining Xitoyda tahsil olishi, borib-kelish aviachiptalari va boshqa barcha xarajatlar YUNESKO va XXR hukumati tomonidan qoplanadi.

Tanlovda ishtirok etishni istagan nomzodlar oliy ta’lim muassasasi bilan kelajakda o‘z faoliyatini bog‘lashga intilgan stajyor-tadqiqotchi, yosh o‘qituvchilar orasidan tanlab olinadi. Nomzodlar magistr darajasiga ega va 45 yoshdan oshmagan bo‘lishlari, ingliz tilini yuqori darajada bilishlari talab etiladi.

Nomzod quyidagi hujjatlarni Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligiga topshirishi kerak:

  1. To‘ldirilgan anketa 2 nusxada
  2. Maxsus ariza varaqasi

(www.csc.edu.cn yoki http://www.campuschina.org orqali onlayn tarzda to‘ldiriladi va nusxalari 3 ta rasm bilan birga)

  1. Diplom (ilovasi bilan birga)notarial tasdiqlangan nusxasi (ingliz tiliga tarjima qilingan holda);
  2. Xitoy universitetlarining biridan kelgan taklifnoma (agar oldindan ushbu universitet bilan aloqa o‘rnatilgan bo‘lsa-2 nusxada);
  3. Nomzod faoliyati bilan yaqindan tanish bo‘lgan 2 nafar professor-o‘qituvchilardan tavsiyanoma(3 nusxada, ingliz tilida);
  4. Ilmiy tadqiqot loyihasi (2 nusxada, 500 so‘zdan iborat, ingliz tilida);
  5. Ingliz tilini bilish darajasi bo‘yicha sertifikat (ilovadagi maxsus shakl bo‘yicha 2 nusxada);
  6. Tibbiy ma’lumotnoma (ilovadagi maxsus shakl bo‘yicha 2 nusxada).

Topshirish muddati 14-mart 12:00 gacha

Xalqaro bo’lim