Kimyo fanlari bo’yicha Respublika olimpiadasining  I bosqich birinchi turi o’tkazildi

14.03.2019, 12:07 Yangiliklar 2186

2019 yil 13 mart kuni “Noorganik, fizik va kolloid kimyo”, “Organik va biologik kimyo”, “Analitik kimyo” kafedralari o’qituvchilari ishtirokida kimyo fanlari bo’yicha Respublika olimpiadasining I bosqich birinchi turi bo’lib o’tdi. Ochilish marosimida institut o’quv va tarbiyaviy ishlar bo’yicha prorektor, professor Yuldashev Z.A. so’zga chiqdi va talabalarga o’z samimiy tilaklarini aytdi.  “Noorganik, fizik va kolloid kimyo” kafedrasi professori Aminov S.N. va iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i G.Yu.Malikova o’z xohish-istagini bildirdi. Kafedra mudiri Sharipov A.T. olimpiada ishtirokchilarni olimpiada qoidalari bilan va olimpiada hay’at a’zolari: dotsentlar Tuxtaev X.R., Raxmatullaeva M.M., organik va biologik kimyo kafedrasi mudiri Karimov A., katta o’qituvchi Chinibekova N.K., analitik kimyo kafedrasi o’qituvchisi Ruzmetov U.O’. bilan tanishtirdi.

Ochilish marosimidan so’ng institut Axborot texnologiyalari markazida olimpiadaning birinchi turi – test sinovlari o’tkazildi. Iqtidorli talabalarning 23 nafari shu bosqichda ishtirok etdilar.

     

     

Noorganik, fizik va kolloid kimyo kafedrasi