“O’ZBEKISTON 2030.  Oliy ta’lim muassasalari kelajagiga nazar” mavzusida yig’ilish anjumani.

14.03.2019, 11:54 Yangiliklar 2318

Ayni damda 2019 yil 14 mart  kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasida O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi  tashkilotchiligida  “O’zR OO’MTV” hamda Davlat boshqaruv akademiyasi hamkorligida “O’ZBEKISTON 2030: Oliy ta’lim muassasalari kelajagiga nazar” va (“Oliy ta’lim muassasalari va iqtisodiyotning real sektori integratsiyasi”) mavzusida tadbir bo’lib o’tmoqda. Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog’liqni saqlash va sport masalalari bo’yicha maslahatchisi A.A.Abduvahitov, O’zR OO’MTV vazir o’rinbosari  O’.Sh.Begimqulov, O’zR Innovatsion rivojlanish vaziri o’rinbosarlari, deputatlar, sanoat korxona vakillari, Toshkent shahridagi OTM rektorlari, prorektorlari hamda vakil talabalar  ishtirok etishmoqda. Yig’ilishda 2 yo’nalishda 4 ta mavzu yuzasidan qizg’in muhokamalar ketmoqda. Ularda texnologiyalarning rivojlanishiga OTM larning tayyorligi, OTM va iqtisodiyotning real sektori hamkorlik istiqbollari, tadqiqot potensialini rivojlantirish va tijoratlashtirish darajasini oshirish, OTM larning jamiyatda yetakchilik rolini oshirish kabi muhim mavzularda muhokamalar olib borilmoqda. Tadbirda institutimiz rahbar hodimlari, yetakchi talaba vakillari ishtirok etishmoqda.

     

     

 

Institut  matbuot  kotibi N.L.Usmanova