“Milliy g‘oya asosiy tushuncha va tamoyillar” mavzusidagi olimpiadaning birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi

13.03.2019, 16:48 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1990

11-12 mart kunlari Toshkent farmatsevtika instituti Ijtimoiy fanlar kafedrasida “Milliy g‘oya asosiy tushuncha va tamoyillar” fanidan Respublika Olimpiadasining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Olimpiadaning birinchi kunida “O‘zbekistonda mafkuraviy manzara va globallashuv jarayonlari” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi. Olimpiadaning ikkinchi kuni test sinovlari va savol javoblar tariqasida bo‘lib o‘tdi. Olimpiadaga kafedra mudiri dotsent  K.K. Ismailov va kafedra katta o‘qituvchi G.F.Xoshimova, Yu.B.Xusanboevalar hay’at a’zolari etib tayinlandilar. Xay’at a’zolari  ishtirokchilarning bilimi, mavzuni to‘liq yetkazib berish layoqati va mustaqil fikrlash darajasini e’tiborga olgan holda baholadilar. Olimpiada natijalari 13 mart kuni e’lon qilinadi.

Ijtimoiy fanlar kafedrasi