Toshkent farmatsevtika instituti 2018-2019 o‘quv yili davomida Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan kelib tushgan murojaatlar haqida tahliliy axborot.

13.03.2019, 16:14 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2145

Toshkent farmatsevtika instituti rahbariyati tomonidan Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, amaliy yordam va tushuntirishlar olib borish yuzasidan tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Hozirgi kunda fuqaro murojaatlari tegishliligi bo‘yicha bo‘lim va prorektorlar bilan, bevosita, veb sayt, pochta va xatlar orqali kelib tushgan murojaatlar ijrosi amalga oshirilmoqda.

2018-2019  yil davomida institutga umumiy 22 ta murojaatlar kelib tushdi. Bundan 7 ta murojat virtual qabulxona orqali kelib tushgan. Shundan 4 tasi qanoatlantirilgan. 3 tasi tushuntirish ishlar olib borilgan. 22 ta murojaatdan 15 tasi bevosita kelib tushgan. Shundan 9 tasi murojaat qanoatlantirilgan. 6 tasi tushuntirish ishlar olib borilgan.

Kelib tushgan murojaatlardan 2 nafar fuqaroni rahbar masul, 3 nafarini rahbar o‘rinbosari  va 9 nafari bevosita idora xodimlari qabul qilishgan. Jami kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha 14 nafar fuqaro qabul qilingan.

Murojaatlarning asosiy mazmuni fuqaroni oliy talim tizimiga kirish jarayonida kam bal to‘plab kirolmagan holatda amaliy yordam so‘rab qilgan murojaatlari, fuqaro institutga kirgan vaqtida to‘plagan bali shartnoma asosida o‘qishga to‘g‘ri kelganda, shartnoma pulini to‘lay olmasdan yordam so‘rab qilgan murojaati, nogironlarni institutga kirish imtiyozlari  to‘g‘risidagi masalalarni tashkil qiladi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 26 noyabrdagi №87-01-0822-sonli xatda keltirilgan vazifalar yuzasidan Toshkent Farmasevtika instituti “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashda ochiqlik va shaffoflikni yanada kengroq ta’minlash maqsadida”  2019 yilga mo‘ljallangan DASTUR ishlab chiqildi. Unga ko‘ra fuqaro murojaatlari bo‘yicha tegishli mas’ullar bilan birga ommaviy axborot vositalari, gazetalar va institut saytlarida ma’lumotlar va eng ko‘p masalalar yuzasidan kelib tushgan murojaatlar yoritilib boriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 28 yanvardagi “2018 yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati, vazirliklar, idoralar, davlat ishtirokidagi tashkilotlar va mahalliy ijro hokimiyati organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida”gi 10-sonli Rayosati majlisining bayoni, OO‘MTV 2019 yil 9 fevraldagi132-sonli buyruqlarini ijrosini ta’minlash maqsadida institutda 2019 yil 20 fevralda 133-sonli buyrug‘i asosida  “Jismoniy va yuridik shaxslar hamda ularning vakillarini shaxsiy va sayyor qabul qilish, maqsadli o‘rganishlarni o‘z vaktida samarali o‘tkazish, murojaatlarni puxta ko‘rib chiqish to‘g‘risida”gi kompleks chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Hozirgi kunda fuqaro murojaatlari yuzasidan institut Monitoring va ichki nazorat bo‘lim boshlig‘i K.A.Cho‘lponov, O‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektor Z.A.Yuldashev, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor  N.S.Normaxamatovlar shug‘ullunib kelishmoqda. Masullar tomonidan hech qanday qonun buzarlik va ma’sulyatsizlik jarayonlari kuzatilmadi. Hech qanday fuqaro murojaati etiborsiz qoldirilmadi.

 

Monitoring va ichki nazorat bo‘lim