O‘zbekistondagi tibbiyot birlashmalari tuzilmasida yangi lavozim joriy etiladi

13.03.2019, 15:52 Yangiliklar 2494

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Reproduktiv yoshdagi ayollar va bolalarga tibbiy yordam sifatini oshirish va ko‘lamini kengaytirish to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligining barcha tuman (shahar) tibbiyot birlashmalariga onalik va bolalikni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha boshliq o‘rinbosari lavozimini kiritish taklifi ma’qullanishi mumkin.

Onalik va bolalikni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha boshliq o‘rinbosariga quyidagi vazifalar yuklatiladi:

onalik va bolalikni muhofaza qilishga doir Davlat dasturlarini amalga oshirilishi va tatbiq etilishini doimiy monitoring qilish;

onalar, go‘daklar va bolalar kasallanishini, o‘limini oldini olish, nogironlik bilan tug‘ilishning oldini olish maqsadida homilador ayollar prenatal skriningini amalga oshirish, shuningdek perinatal va neonatal yordamni yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

aholi reproduktiv salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni takomillashtirish;

dalillarga asoslangan tibbiyot asosida ishlab chiqilgan klinik protokol va davolash standartlarini tatbiq qilish orqali dori vositalaridan ratsional foydalangan holda bolalar kasalliklarini davolash samaradorligini nazorat qilish;

onalar va bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy hizmat holatini baholash va monitoring qilish, statistik va demografik ma’lumotlarni tahlil qilish.

kun.uz

Institut  matbuot  kotibi  N.L.Usmanova