Hamkorlik shartnomasi imzolandi

13.03.2019, 15:14 Yangiliklar 1922

Qoraqalpoq davlat  va Kaspiy davlat texnologiya va muhandislik universitetlari o‘rtasida malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Bu borada kelishuvga Sh.Yesenov nomidagi Kaspiy davlat texnologiya va muhandislik universiteti rektori B.Axmetov boshchiligidagi delegatsiyaning universitetga tashrifi doirasida erishildi.

Hamkorlik shartnomasiga ko‘ra, universitetlar o‘rtasida professor-o‘qituvchilar almashish, ilmiy va madaniy hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.

Uchrashuv davomida tomonlar neft-gaz, qurilish, biznes-iqtisodiyot va gumanitar sohalar bo‘yicha bakalavriat “3+1”, magistratura “1+1” diplomi dasturiga doir hujjatlarni tayyorlash va ishlab chiqish bo‘yicha mas’ullarni belgilashdi.

Ma’lumot uchun, hozirda Kaspiy davlat texnologiya va muhandislik universitetida 800 nafardan ortiq xorijlik talabalar tahsil olsa, shundan 100 nafardan ortig‘ini  o‘zbekistonlik talabalar tashkil qiladi.

Edu.uz

Institut  matbuot kotibi  N.L.Usmanova