Britaniyalik professorlardan talabalar uchun trening

13.03.2019, 13:20 Yangiliklar 1858

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Buyuk Britaniyaning Goldsmit universiteti qoshidagi Kreativ va madaniy tadbirkorlik instituti professorlari Shaun Prime, Nikola Tyorner va Adrian de la Courtlar trening olib borishdi.

Mashg‘ulotlar ingliz tilida “San’atda biznes modellashtirish”, “Kreativ tadbirkorlikda marketing” mavzularida san’at va madaniyat sohasida kreativ tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, yangi g‘oyalarni amalga oshirish bo‘yicha biznes xaritalarni tuzishda yosh ijodkorlarda boy ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida o‘tkazildi.

Edu.uz

Institut  matbuot kotibi  N.L.Usmanova