Xurmatli Ibroxim Inamovich! Uzbekistan davlat drama teatri raxbariyati sizni va siz raxbarlik kilayotgan institut xodimlari va talabalarini Baxor faslining guzal va betakror bayramlaridan biri xisoblangan 21 mart-Navruz bayrami bilan muborakbod etadi.

13.03.2019, 11:40 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2016

Hurmatli Ibroxim Inamovich!

O’zbekistan  Davlat  Drama teatri rahbariyati sizni va siz rahbarlik qilayotgan institut hodimlari va talabalarini Bahor  faslining go’zal va betakror bayramlaridan biri   hisoblangan 21 mart “Navro’z” bayrami  bilan muborakbod etib Vatanimiz taraqqiyoti yo‘lidagi sharafli faoliyatlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar  tilaymiz.

Teatrimiz bilan institut o’rtasida bir necha yillardan buyon doimiy xamkorlikda madaniy va ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar o’tkazilishida, teatr repertuaridan munosib o’rin egallagan zamonamiz qaxramonlari obrazi, yoshlarning shijoati, ularning ilmu-ma’rifatga intilishi to’grisidagi bir qancha spektakllar namoyishlarini yuqori saviyada tashkillashtirilishidagi qo’shayotgan hissangiz uchun Sizga va institutning Yoshlar bilan ishlash bo’yicha ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i Nigora Ashurovaga o’z minnatdorchiligini bildiradi.

Kelgusida ham teatr va institut o’rtasidagi hamkorligimiz uzviy davom etishini tilab qolamiz.

Xurmat bilan, Teatr direktori          B.Usmonov