Farmatsiya fakulteti 2-kurs  202-B guruh talabalari Samarqandga sayohat qildi

11.03.2019, 16:12 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2318

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘rsida”gi PQ-3514-sonli qarorining qabul qilinishi mamlakatimiz ijtimoiy hayotidagi muhim voqealardan biri bo‘ldi. Ushbu qaror orqali ichki turizm tobora rivojlanib borayotgan mamlakatimizda ko‘plab vatandoshlarimizning yurtimiz bo‘ylab sayohat qilishiga keng imkoniyatlar yaratildi.

Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida 2019 yilning 8- mart kuni Toshkent farmasevtika institutining 2-kurs  farmatsiya fakultetining  202-B guruh talabalari guruh murabbiysi  N.X.Ashurova boshchiligida Samarqand viloyatiga  tashrif buyurdilar. Samarqand shahri haqida juda ko’plab ma’lumotlar mavjud.

Tarixiy yozma manbalarda Samarqandning qadimiy shaharligi to‘g‘risida ko‘p ma’lumotlarni o‘qiganmiz. O‘rta asrlardan «G‘arbda Rim, Sharqda esa Samarqand»degan xikmat ommalashib ketgan. Samarqand va Rim insoniyat takdiridagi buyuk xizmatlarini nazarda tutib «Boqiy shaharlar» nomini olganlar. Xalq orasida «Samarkand sayqali ro‘yi zaminast» (Samarqand yer yuzining sayqali jilosi) satrlari zamirida juda ko‘p ma’no mujassam.

Buyuk Sohibqiron Amir Temur o‘z davrida Samarqandni o‘zgacha mehr bilan qadrladi, obod qildi, dunyoning sayqaliga aylantirdi.

Sayohat davomida talabalar guruh rahbarlari bilan birgalikda A.Temur maqbarasiga, Bibixonim, Mirzo Ulug‘bek,Islom Karimov maqbaralarini  ziyorat qildilar.Sayohat juda qiziqarli va mazmunli o‘tib talabalar xotirasida o‘chmas iz qoldirdi.

     

Institut matbuot kotibi  N.L.Usmanova