Yosh olimlar va tadqiqotchilar har tomonlama qo‘llab-quvvatlanadi

06.03.2019, 17:52 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2084

Kecha, 5 mart kuni milliy matbuot markazida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida tizimda amalga oshirilgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani  tashkil etildi.

Matbuot anjumanida vazir o‘rinbosari Uzoqboy Begimqulov, tegishli boshqarma va bo‘lim boshliqlari, OTMlarning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Vazir o‘rinbosari Uzoqboy Begimqulov OAV vakillariga yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Anjumanda OAV vakillarining savollariga javob berildi.

Edu.uz

Institut  matbuot  kotibi  N.L.Usmanova