Toshkent farmatsevtika institutida farmatsiya fakulteti dekanati tomonidan guruh murabbiylari va sardorlari ishtirokida muloqot tashkil etildi.

04.03.2019, 17:29 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2197

4-mart kuni 15:00 da institut faollar zalida farmatsiya fakulteti dekanati tomonidan guruh murabbiylari va sardorlari ishtirokida muloqot tashkil etildi. Muloqotda dekan o’rinbosari O’.J.Yunusovning fakultetda davomat va o’zlashtirish ko’rsatkichlarini oshirishga bag’ishlangan taqdimot qilindi. Unga ko’ra talabalarning davomati va o’zlashtirish ko’rsatkichlari guruhlar kesimida tahlil qilindi. Yangi o’quv yilidan iqtidorli talabalarguruhlarini shakllantirish, talabalarda sohaga oid yangiliklar va innovatsiyalar bilan muntazam tanishtirib borish, ta’lim sifatini oshirishda murabbiylar rolini kuchaytirish, jurnallarni yuritish holati kabi masalalar muhokama qilindi. Tegishli topshiriqlar va ko’rsatmalar berildi. Shundan so’ng yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari B.Bekchonov ichki tartib qoidalar, talabalarning kiyinish madaniyati va kirib kelayotgan 21-mart Navro’z bayramini munosib kutib olish masalalariga to’htalib o’tdi. Yoshlar bilan ishlash bo’limi boshlig’i N.Ashurova va institut tarbiyachi-pedogogi N.Yusupovalar oldimizda turgan dolzarb ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, tanlovlar, murabbiylar faoliyati haqida nutq so’zladilar. Murabbiylar va sardorlarning savollariga javoblar berildi.

     

     

Dekanat