Garvard talabalarini ruhlantirish uchun qanday gaplar  aytilishini bilasizmi? O‘qing, sizga ham foydasi tegadi!

01.03.2019, 10:54 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2101

🔅Hozir uxlasang, albatta, orzularingni tushingda ko‘rasan. Agar uyquning o‘rniga o‘qishni tanlasang, orzularingni hayotda ko‘rasan.

🔅Qachonki sen hammasiga juda kech bo‘ldi deb o‘ylasang, aslida hali erta bo‘ladi.

🔅O‘qish azobi — vaqtinchalik. Bilmaslik azobi — abadiy.

🔅O‘qish — bu vaqt sarflash emas. O‘qish — harakat qilish.

🔅Hayot faqat o‘qishdan iborat emas. Hayotning mana shu qismini ham bosib o‘ta olmasang, nimaga ham qodir bo‘la olarding?

🔅Qiyinchilik va tinimsiz harakatdan rohatlan.

🔅Kimki hammasini erta qilsa, o‘zining muvaffaqiyatidan haqqoniy rohatlana oladi.

🔅Hammasiga ulgurish imkoniyati barchaga berilmagan, lekin muvaffaqiyat o‘z ustida ishlovchi va muammolarni tezda hal qiladiganlarga keladi.

🔅Vaqt uchadi. Hozirgi so‘laging ertaga ko‘z yoshi bo‘ladi.

🔅Agar sen bugun piyoda yurishni xohlamasang, ertaga yugurishga majbur bo‘lasan.

🔅Kelajagi uchun nimadir qiladigan odam realistdir.

🔅Sening topadigan puling – olgan biliming darajasiga proporsional.

🔅Bugun hech qachon qaytib kelmaydi.

🔅Hozir xatto dushmanlaring ochlarcha kitoblarni varaqlamoqda.

🔅Qiyinchiliklarsiz maqsadga yetib bo‘lmaydi.

O’zbekiston Yoshlar Tadbirkorligini qo’llab-quvvatlash markazi Farg’ona viloyat hududiy bo’linmasi rasmiy kanali:                                                                    @Yosh_Tadbirkorlar_Markazi

 

Institut  matbuot kotibi

  N.L.Usmanova