“Noorganik, fizik va kolloid kimyo”    kafedrasi  professor o‘qituvchilarining   12.02.2019 yilda  kafedra kuni munosabati bilan talabalar turar joyida olib borgan ishlari xisoboti.

27.02.2019, 15:38 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2215

Institut talabalar turar joyida 2018-2019 o‘quv yilida olib boriladigan ma’naviy ma’rifiy ishlar rejasiga  asosan  «Noorganik,  fizik va kolloid kimyo»,   kafedrasining professor o‘qituvchilari institut faollar zalida “Kafedra kuni “ munosabati bilan Farmasevtika sohasida amalga oshirilgan islohotlar ijrosining ta’minlanishi va kelgusi istiqbollari” mavzusidagi davra suhbati uyushtirdilar.

 Tadbirda institut professor o‘qituvchilari  va  talabalar turar joyida yashovchi talabalar ishtirok etdilar.

Suxbatni  ichki nazorat va monitoring bo‘lim  boshlig‘i,  K.A.Cho‘lponov kirish so‘zi bilan ochdi va so‘zni noorganik, fizik va kolloid kimyo kafedrasi mudiri A.T.Sharipovga berdi.

 A.T. Sharipov  “Farmasevtika sohasida amalga oshirilgan islohotlar ijrosining ta’minlanishi va kelgusi istiqbollari noorganik, fizik va kolloid kimyo kafedrasi misolida” mavzusida  ma’ruza qildi.  U so‘zini talabalarni  Farmasevtika sohasini takomillashtirishga oid prezident qarorlari va farmoyishlari bilan tanishtirishdan boshladi:

  1. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING «Aholini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-3137 sonli qarori (17.07.17 yil);
  2. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI  PREZIDENTINING «Farmasevtika tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi PF-5229 SONLI FARMONI (07.11.17 y);
  3. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING «Farmasevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» GI PQ-3532 SONLI QARORI (14.02.18 y)

So‘ngra kafedrada shu soxada olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida qisqacha gapirib,  talabalarni tanishtirib o‘tdi. U so‘zini Najmiddin Kubroning

 “Muvaffaqiyatni – sa’y-harakatda,  muvaffaqiyatsizlikni esa – loqaydlik va dangasalikda ko‘rdim” degan so‘zlari bilan yakunladi:

Ma’ruzani talabalar diqqat bilan tingladilar:

Ma’ruzadan so‘ng professor o‘qituvchilari o‘z fikrlarini bildirdilar. Jumladan kafedra professori, O‘zbekiston fan arbobi, k.f.d. S.N.Aminov,  f.f.d. N.Q.Olimov, f.f.d. X.R.To‘xtaev, t.f.d. B.E.Sultonov va f.f.d.M.M.Raxmatullaevalar  talabalarga  oldilariga maqsad qo‘yib, shu maqsad sari borish uchun doimo xarakat qilishlari lozimligini aytib o‘tdilar.

     

     

     

Ma’ruzadan so‘ng K.A.Cho‘lponov  “Odam savdosi-davr muammosi”mavzusida  gapirib o‘tdi. Suxbatda ayrim munofiqlar chet ellarga ishga taklif qilish baxonasida  odamlarni aldab, ularni qullikka tashlayotganlari xaqida gapirdi. Bularning xammasiga odamlarning qonun qoidalarni bilmasliklari sabab bo‘layotganligini aytdi:

Kafedra mudiri                                A.T.Sharipov.

Ma’sul                                             M.B.Qosimova