Toshkent farmatsevtika institutida tahsil olayotgan tayanch doktorant (Phd) va doktorant (DSc) larning faoliyati samaradorligi monitoringi bo’lib o’tdi.

27.02.2019, 14:09 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2259

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlarlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi  “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora –  tadbirlari to‘g‘risidagi”gi 304-son  Qarori bilan tasdiqlangan “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi Nizom»ning 52-bandiga muvofiq Toshkent farmatsevtika institutida tahsil olayotgan tayanch doktorant (Phd) va doktorant (DSc) larning faoliyati samaradorligi monitoringi bo’lib o’tdi.

Monitoring Toshkent farmatsevtika instituti rektori professori  I.I.Alimdjanov va    ilmiy tadqiqot, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i M.T.Mullajonova tomonidan o‘tkazildi.

Xar bir doktorant (Phd) va doktorant (DSc)larning  bilan individual gaplashilib, ularni ilmiy ishlarini reja asosida olib borilayotganligi, chop etilgan maqolalari va kutilayotgan  natijalar to‘g‘risida batafsil suxbatlashildi.

Ilmiy tadqiqot, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi