Kasaba uyushmasi qo‘mitasining konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

26.02.2019, 17:08 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2264

Joriy yil 26 fevralda institut Kasaba uyushmasi qo‘mitasining konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada institut professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talabalardan iborat delegatlar ishtirok etishdi. Konferensiyada Toshkent farmatsevtika instituti m’amuriyati va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan 2018 yil davomida Jamoa shartnomasining ijrosi yuzasidan olib borgan ishlari hisoboti kasaba uyushmasi qo‘mitasi sho‘ba boshlig‘i A.Rajapov tomonidan taqdim etildi. Jamoa shartnomasiga ko‘ra olib borilgan ishlar “ijobiy” deb baholandi. Shuningdek, kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi K.K.Ismailov tomonidan 2019-2021 yillar uchun mo‘ljallangan Jamoat shartnomasi haqida batafsil ma’lumot berildi. Mazkur masala yuzasidan delegatlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib muhokamada faol ishtirok etdilar. Konferensiyada pedagog-xodimlar va ishchi-xodimlarni mehnat muhofazasi borasida, ayollarni mehnat muhofazasi kabi masalalarda atroflicha ma’lumotlar berildi. Muhokamadan so‘ng 2019-2021 yillar uchun mo‘ljallangan Jamoa shartnomasi bir ovozdan qabul qilindi. Shu bilan konferensiya o‘z ishini yakunladi. Institut Kasaba uyushmasi qo‘mitasining bir yillik faoliyati uchun mazkur shartnoma dastururamal bo‘ladi deb o‘ylaymiz.

     

     

     

     

     

Katta o‘qituvchi N.S.Salimsakova