Sardorlar-chinakam sardor bo’lishlari zarur!   

25.02.2019, 17:26 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2092

Toshkent farmatsevtika institutining faollar zalida Farmatsiya fakulteti 1-2 bosqich guruh sardorlari uchun sardorlar yig’ilishi o’tkazildi. Yig’ilishda dekan o’rinbosari O’.J.Yunusov tomonidan sardorlarning guruhlarda olib borayotgan faoliyati bo’yicha fikr-mulohazalar bildirildi.Unga ko’ra sardorlarning o’quv jarayonini tashkil etishda ,tartib intizomni saqlashdagi va iqtidorli talabalarni qo’llab quvvatlash bo’yicha takliflar berish, kamchilik va muammolarni o’z vaqtida mutasaddilarga yetkazish yoinki guruhni tartib intizomli a’lo baholarga o’qishga chaqiruvchi chin ma’nodagi sardor, yetakchi bo’lishlari tushintirildi.Talabalarning takliflari va tashabbuslari tinglandi. Tegishli topshiriqlar berildi va haftaning har dushanba kuni soat 15:00 da yig’ilishga kelishib olindi.