Jahon andozalariga mos ta’lim muassasiga aylantirishning o‘ziga xos tamoyili.
Keyingi yillarda mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlariga hamda xalqaro standartlar talablariga mos keladigan oliy ta’lim tizimini yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan 2019 yilning 25 fevral kuni soat 09:00 da Toshkent farmasevtika instituti rektori tomonidan rahbar xodimlar, bo‘lim boshliqlari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi. Muloqot jarayonida institut tartib qoidalari, talabalarning davomati, rahbar va ishchi hodimlarning kasbiga bo‘lgan mas’uliyati uni yanada kuchaytirishi, talabalar o‘rtasida ma’naviy muhitni yanada takomillashtirish choralari hususida to‘xtalib o‘tildi. Shu bilan bir qatorda Sankt-Peterburg Davlat kimyo-farmasevtika universitetining Biokimyo kafedrasi mudiri, biologiya fanlari doktori, professor Nadejda Vasilevna Kirilova tomonidan o‘tilgan «Biokimyo» fanidan «Nukleoprotein» mavzusidagi onlayn tarzdagi ma’ruza va bunday onlayn ma’ruzalarni yanada ko‘p o‘tkazish hususida ta’kidlandi. Shuningdek yaqinlashib kelayotgan aziz va mo‘tabar ayollarimiz bayrami “8 mart xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan turli tadbirlar,davra suhbatlari,institut faxriylariga hamda sitqi-dildan mehnat qilib kelayotgan ayollarimizga rahbariyat tomonidan fahriy yorliqlar, turli sovg‘alar taqdim etilishi rejalashtirildi. Shuningdek 2019 yilning 28 fevral kuni institut hududida yangi qurilgan ma’ruzallar zalining ochilish marosimini o‘tkazish rejalashtirildi va unga tayyorgarlik ko‘rish uchun mas’ul hodimlarga vazifalar yuklatildi.
Institut matbuot kotibi
N.L.Usmanova