“Sud toksikologiyasida antidepressant dori vositalari.Ularni TDSIS usulida tahlil qilish“ mavzusida integratsion ma’ruza bo’lib o’tdi.

22.02.2019, 16:32 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2496

Toshkent farmasevtika instituti farmatsiya fakulteti kasb ta’limi yo‘nalishi 4 kurs talabalari uchun “Toksikologik kimyo” fanidan “Sud toksikologiyasida antidepressant dori vositalari. Ularni TDSIS usulida tahlil qilish” mavzusida 2019 yil 22 fevral soat 10.00da  1BB auditoriyada integratsion ma’ruza o‘tkazildi. Ma’ruzani toksikologik kimyo kafedrasi mudiri dotsent Z.O‘.Usmanalieva va Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi mudiri, dotsent F.S.Jalilovlar olib borishdi. Bunda ular tomonidan antidepressant dori vositalari xaqida ularni tahlil qilishda qo‘llaniladigan zamonaviy tahlil usullari xaqida ma’lumotlar berildi. Ayniqsa hozirgi kunda sud-tibbiy ekspertiza laboratoriyalarda keng qo‘llanilib kelinayotgan termodesorbsion sirt ionlashuv spektroskopiya usulining afzalligi va unda eng kam miqdorlardagi zaharli moddalarni aniqlash imkoniyatga ega ekanligi talabalarda qiziqish uyg‘otdi va o‘zlarining qiziqtirgan savollari bilan faol qatnashishdi. Talabalarning bilimini nazorat qilish uchun “Aqliy xujum”, “B.B.B” ko‘rinishdagi pedagogik texnologiyalardan foydalanildi. Ma’ruza axborot texnologiyasida yangi ma’lumotlar bilan boyitilgan prezentatsiya shaklida yoritildi.  Ma’ruzada ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi uslubchisi N.Zokirova, o‘quv bo‘limi uslubchilari:  G.X. Lutpiddinova va F.Djalilovalar taklif etildi.

     

     

Toksikologik kimyo kafedrasi